w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyati delegatsiyasi vakillari “Osaka Expo-2025” ko‘rgazmasida ishtirok etishmoqda

Samarqand viloyati delegatsiyasi vakillari “Osaka Expo-2025” ko‘rgazmasida ishtirok etishmoqda

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Yaponiyaning Osaka shahriga tashrif buyurdi.

Viloyat rahbari boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari “Osaka EXPO-2025” Butunjahon ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishmoqda.
“Osaka EXPO-2025” ko‘rgazmasi Yumeshima sun’iy orolida bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston milliy paviloni ko‘rgazmaning g‘arbiy qismida, asosiy ishtirokchi mamlakatlar qatorining markaziy qismida joylashgan.
Turli xalqlar madaniyatiga oid ko‘rgazmalar tashrif buyuruvchilarni hayajonli sayohatga chorlaydi. “Osaka Expo - 2025” kunchiqar yurtning Aiti shahrida bo‘lib o‘tgan “Expo-2005” anjumanidan keyin 20 yil ichida Yaponiyada o‘tkazilayotgan birinchi xalqaro ko‘rgazma hisoblanadi.

Kiritilgan vaqti: 24/07/2025 20:53.   Ko‘rilganligi: 35
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyati-delegatsiyasi-vakillari-osaka-expo-2025-korgazmasida-ishtirok-etishmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing