w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyati delegatsiyasi Eronda

Samarqand viloyati delegatsiyasi Eronda

Ayni kunlarda elektrotexnika, mebelchilik, oziq-ovqat sanoati, chorvachilik, tibbiyot va boshqa sohalarda faoliyat olib boruvchi 30 dan ziyod tadbirkorlik subyektlaridan iborat viloyat delegatsiyasi Eronda bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida delegatsiyamiz aʼzolari Eron poytaxti Tehron shahrida "Tehran Permanent International Fairgrounds"da "Iran Expo 2025" — Eronning eksport imkoniyatlarini namoyish qilishga qaratilgan ko‘rgazmada ishtirok etdi.
Shuningdek, Samarqand viloyati va Xuroson Razaviy provinsiyasi o‘rtasida biznes-forum o‘tkazilib, ikkala hududning rasmiy vakillari ishtirokida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy hamda ijtimoiy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash bo‘yicha muzokara olib borildi.
Tadbirlar davomida viloyatimizning iqtisodiy salohiyati, ishlab chiqarish imkoniyatlari eng yirik korxonalar brendlari namoyish etilib, Eronda faoliyat ko‘rsatuvchi 50 dan ortiq korxonalari faoliyati bilan tanishildi. Ularga Samarqandda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar berildi. Hamkorlikda yangi qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Kiritilgan vaqti: 06/05/2025 19:53.   Ko‘rilganligi: 142
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyati-delegatsiyasi-eronda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing