w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyati delegatsiyasi AQShda

Samarqand viloyati delegatsiyasi AQShda

Shu kunlarda AQSHda bo‘lib turgan Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev boshchiligidagi delegatsiya Missuri shtatidagi Tadbirkorlar klubiga aʼzo bo‘lgan “Sangita Capital Partners” hamda ushbu tashkilot bilan hamkorlikda ishlovchi qator kompaniyalar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida “Sangita Capital Partners” kompaniyasi rahbari Anthony Sansone asosiy faoliyat yo‘nalishlari, hamkor tashkilotlari bilab birgalikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni amalga oshirish, aktivlar va investitsiya portfellarini samarali boshqarish, shuningdek, biznesni strategik rivojlantirish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati haqida gapirdi. Qayd etilishicha, kompaniya nafaqat investor, balki loyihalarda faol ishtirok etuvchi hamkor sifatida ham ish olib boradi.
Uchrashuvda viloyat hokimi Adiz Boboyev Samarqandda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, olib borilayotgan islohotlar hamda mavjud investitsiyaviy imkoniyatlar, istiqbolli yo‘nalishlsr haqida maʼlumotlar berdi. Muloqotda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim ekani alohida qayd etildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar investitsiyalarni faol jalb qilish, qo‘shma loyihalarni ilgari surish va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishdilar.

Kiritilgan vaqti: 11/05/2026 22:37.   Ko‘rilganligi: 19
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyati-delegatsiyasi-aqshda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 3

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing