w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyat ma’muriy sudi raisi tayinlandi

Samarqand viloyat ma’muriy sudi raisi tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-avgustdagi farmoyishiga muvofiq, Nurali Bahodirovich Javliyev besh yil muddatga Samarqand viloyat ma’muriy sudi raisi lavozimiga tayinlandi. 

Bugun yangi rais sud jamoasiga tanishtirildi.
Bugun yangi rais sud jamoasiga tanishtirildi. Unda Oliy sud raisi o‘rinbosari Shuhrat Polvanov, viloyat hokimi Adiz Boboyev va mas’ul idoralar rahbarlari hamda sudyalar ishtirok etdi.
N. Javliyev sud tizimida ko‘p yillik tajribaga ega. U 2015 yildan sudyalik faoliyatini boshlagan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tuman sudining sudyasi, Yangiyo‘l tuman ma’muriy sudining raisi, Yunusobod tuman ma’muriy sudining raisi, Toshkent shahar ma’muriy sudining sudyasi va tayinlov qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida ishlagan.
Tadbir ishtrookchilari viloyat Ma’muriy sudining yangi raisi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladilar.

Kiritilgan vaqti: 02/09/2026 21:40.   Ko‘rilganligi: 17
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyat-mamuriy-sudi-raisi-tayinlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing