w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand viloyai hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Xitoy Xalq Respublikasi Futszyan provinsiyasi gubernatori Chjao Lun bilan uchrashuv o‘tkazdi

Samarqand viloyai hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Xitoy Xalq Respublikasi Futszyan provinsiyasi gubernatori Chjao Lun bilan uchrashuv o‘tkazdi

Ikki hudud rahbarlari O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari Prezidentlarimizning say-harakatlari bilan har tomonlama rivojlanib, ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari yangi bosqichda davom etayotganligini ta’kidlashdi.

Uchrashuvda Samarqandning savdo-iqtisodiy, turizm, investitsion, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, elektr energiyasi ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi salohiyati hamda imkoniyatlari haqida axborot berildi. Ushbu yo‘nalishlarda ikki hududning o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib olindi.
Shuningdek, ikki hudud rahbari “Samarqand-Futszyan” savdo-iqtisodiy, madaniy va turizm forumi”da ishtirok etishdi. Forumda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, qator kelishuvlar imzolandi. Tadbirda O‘zbekiston va Xitoy sanʼat ustalarining konsert dasturi namoyish etildi.
Delegatsiya a'zolari Samarqand Xalqaro turizm markazidagi "Kongres markazi" va “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasida ham bo‘lishdi. Bu yerda ular xalqimizning boy madaniy merosini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar, hunarmandchilik va amaliy san’at namunalari bilan yaqindan tanishdilar.

Kiritilgan vaqti: 23/05/2025 11:57.   Ko‘rilganligi: 193
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-viloyai-hokimi-vazifasini-bajaruvchi-adiz-boboyev-xitoy-xalq-respublikasi-futszyan-provinsiyasi-gubernatori-chjao-lun-bilan-uchrashuv-otkazdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing