w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand va Turkiston viloyatlari o‘rtasida turizm sohasida keng qamrovli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Samarqand va Turkiston viloyatlari o‘rtasida turizm sohasida keng qamrovli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Qozog‘istonning Turkiston viloyati hokimi Nuralxan Kusherov boshchiligidagi tadbirkorlar va turizm sohasi vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda ikki viloyat o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, mehmonxona, sayohat va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari va yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida ikki viloyat rahbarlari turizm yo‘nalishida bildirilgan taklif, tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va yakunda hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shundan so‘ng Samarqand va Turkiston viloyatlari turizm sohasi vakillari o‘rtasida yangi hamkorlik bo‘yicha amaliy uchrashuv o‘tkazildi.
– Turkistonlik hamkasblarimiz bilan ichki va xalqaro turizmni rivojlantirish masalalarini muhokama qildik, – deydi “Shahrezada Sam Star Tour Discover” kompaniyasi rahbari Tolib Jahongirov. – Har ikki viloyatda ham turizm salohiyati yuqori. Misol uchun, Turkistonda Ahmad Yassaviy maqbarasiga dunyo mamlakatlaridan ziyoratchilar keladi. Samarqand esa har doim sayyohlar bilan gavjum. Ayniqsa, bugun Samarqand–Ostona yo‘nalishida yangi aviaqatnovning yo‘lga qo‘yilishi ikki qardosh xalq o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytiradi.
Delegatsiya a’zolari tashrif davomida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Samarqand xalqaro turizm akademiyasi faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, Samarqand shahridagi diqqatga sazovor maskanlarni ziyorat qildi.

Kiritilgan vaqti: 07/11/2025 18:02.   Ko‘rilganligi: 16
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-va-turkiston-viloyatlari-ortasida-turizm-sohasida-keng-qamrovli-hamkorlik-yolga-qoyiladi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 13

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing