w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand va Shensi o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

Samarqand va Shensi o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanmoqda

Viloyat hokimi Adiz Boboyev Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan Shensi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Delegatsiyaga Shensi provinsiyasi Xalq hukumati vitse-gubernatori Li Szyun boshchilik qildi.
Tomonlar ikki davlat rahbarining tashabbusi bilan o‘zaro munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladilar. Hamkorlikni mustahkamlash doirasida tadbirkorlar ishtirokida Shensi va Samarqandda 2 marta biznes forum o‘tkazilgani qayd etildi. O‘zaro hamkorlik aloqalari natijasida birgina o‘tgan yilning o‘zida 88 ta kelishuv imzolangan va o‘nlab qo‘shma loyihalar amalga oshirilgan. Navbatdagi uchinchi forumni esa shu yilning may oyida Shensi provinsiyasida o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Qayd etilishicha, Shensi yuqori sur’atlarda rivojlanmoqda. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, hududda YAIM hajmi 366 trillion yuanni tashkil qilgan.
Muzokaralar chog‘ida savdo-iqtisodiy, ta’lim, ijtimoiy-madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar almashinuvi, davlat xizmatchilari uchun o‘quv dasturlarini tashkil etish, fermerlar uchun seminarlar o‘tkazish va yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va hududlararo aloqalarni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Kiritilgan vaqti: 04/03/2026 17:43.   Ko‘rilganligi: 10
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-va-shensi-ortasidagi-hamkorlik-mustahkamlanmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 3

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing