w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand va Malayziyaning Saravak shtati o‘rtasida turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Samarqand va Malayziyaning Saravak shtati o‘rtasida turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Malayziya delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.

Delegatsiyaga Saravak shtatining turizm, kreativ sanoat va san’at vaziri Dato Sri Hoji Abdul Karim Rahmon Hamza rahbarlik qildi.
Uchrashuv davomida turizm sohasida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish va turistik yo‘nalishlarni targ‘ib qilishda tajriba almashishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi alohida muhokama etildi. Ushbu yo‘nalish esa sayyohlar oqimini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Hoji Abdul Karim Rahmon Hamza Samarqandning me’moriy va tarixiy merosi katta taassurotlar qoldirganini bildirib, hudud turistik salohiyatining o‘ziga xosligiga urg‘u berdi. U Saravak shtatining hamkorlikni faol rivojlantirishga, tajriba almashish va ikki hududning turistik jozibadorligini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.

Kiritilgan vaqti: 22/09/2025 11:33.   Ko‘rilganligi: 18
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-va-malayziyaning-saravak-shtati-ortasida-turizm-sohasida-hamkorlikni-rivojlantirish-masalalari-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 4

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing