w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand va Malayziya o‘rtasida ta’lim va logistika sohalarida hamkorlik kengaymoqda

Samarqand va Malayziya o‘rtasida ta’lim va logistika sohalarida hamkorlik kengaymoqda

Samarqand viloyati hokimi Malayziyadagi “MERITUS” xususiy universitetida bo‘ldi.

Bu yerda “Halim Mazmin Group” kompaniyasi direktori, doktor Halim Mohammad bilan uchrashuv o‘tkazildi.
“Halim Mazmin Group” kompaniyasi dengiz transporti, port xizmatlari, logistika hamda ta’minot zanjiri yo‘nalishlarida faoliyat yuritib, xalqaro miqyosda yirik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Uchrashuv davomida tomonlar ushbu sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Shuningdek, tashrif davomida “MERITUS” xususiy universiteti bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Universitetda “Biznes va menejment”, “Moliya va buxgalteriya”, “Xalqaro savdo” hamda “Axborot texnologiyalari” yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlanayotgani qayd etildi.
Muloqotlar jarayonida akademik hamkorlikni kengaytirish, jumladan, talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish hamda investitsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Mazkur uchrashuv Samarqand viloyati bilan Malayziya o‘rtasida iqtisodiy va ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Kiritilgan vaqti: 03/04/2026 22:57.   Ko‘rilganligi: 19
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-va-malayziya-ortasida-talim-va-logistika-sohalarida-hamkorlik-kengaymoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing