w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand va Malayziya o‘rtasida hamkorlikning yangi istiqbollari

Samarqand va Malayziya o‘rtasida hamkorlikning yangi istiqbollari

Viloyat hokimi Adiz Boboyev Malayziyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Rafeda Binti Abdul Aziz bilan uchrashdi.

Unda Samarqand viloyati va Malayziya o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari hamda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Xususan, ishbilarmonlik va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, tadbirkorlar hamda tegishli tashkilotlar vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Malayziya delegatsiyalarining Samarqand viloyatiga tashriflarini tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi. Bunday tashriflar xorijiy hamkorlarga hududning iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati bilan yaqindan tanishish, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik uchun aniq loyihalarni belgilash imkonini beradi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirish va hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini bildirdilar.

Kiritilgan vaqti: 28/09/2026 21:28.   Ko‘rilganligi: 14
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-va-malayziya-ortasida-hamkorlikning-yangi-istiqbollari

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing