w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand va Kichik Polsha o‘rtasida hamkorlik aloqalari muhokama qilindi

Samarqand va Kichik Polsha o‘rtasida hamkorlik aloqalari muhokama qilindi

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Kichik Polsha voyevodligi marshali Lukash Smolka hamda uning o‘rinbosari Vitold Kozlovski bilan onlayn muzokaralar o‘tkazdi.

Muloqot davomida ikki hudud o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, savdo-iqtisodiy va madaniy sohalardagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, hududlararo aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Onlayn uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining Polshadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Amirsaid A’zamxo‘jayev ham ishtirok etdi. Tomonlar Lukash Smolka boshchiligidagi delegatsiyaning Samarqand viloyatiga bo‘lajak tashrifini tashkil etish masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va amaliy loyihalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha kelgusida ham yaqin aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.


Kiritilgan vaqti: 24/06/2026 21:59.   Ko‘rilganligi: 11
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-va-kichik-polsha-ortasida-hamkorlik-aloqalari-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing