w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand va Indoneziya o‘rtasida hamkorlik kengaymoqda

Samarqand va Indoneziya o‘rtasida hamkorlik kengaymoqda

Samarqand viloyati delegatsiyasining Indoneziyaga amalga oshirgan tashrifi doirasida Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev hamda Indoneziya Din ishlari vaziri Nasaruddin Umar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar avvalo, Samarqandni Indoneziyadan keluvchi sayyohlar va ziyoratchilar uchun muhim markazga aylantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Bu borada Imom Buxoriy majmuasining ahamiyati katta ekanligi alohida ta’kidlandi. Aynan shu maskan atrofida ziyorat turizmini rivojlantirish, yangi yo‘nalishlar yaratish va infratuzilmani yaxshilash ustuvor vazifalardan biri sifatida qayd etildi.
Uchrashuv davomida maxsus turizm yo‘nalishlarini ishlab chiqish, transport va logistika tizimini takomillashtirish, shuningdek, ikki davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ham kun tartibidan o‘rin oldi. Nasaruddin Umar Samarqandning boy tarixiy va ma’naviy merosi nafaqat O‘zbekiston, balki butun islom olami uchun umumiy qadriyat ekanini ta’kidlab, indoneziyalik ziyoratchilarning bu maskanga bo‘lgan qiziqishi yanada ortishiga ishonch bildirdi.
Tomonlar shuningdek, ma’rifiy islom qadriyatlarini birgalikda targ‘ib qilish, yirik xalqaro forum va anjumanlar tashkil etish bo‘yicha ham kelishuvga erishdilar. Mutaxassislar fikricha, mazkur tashrif yakunlari yaqin istiqbolda turistik almashinuvni sezilarli darajada faollashtiradi hamda Samarqand va Indoneziya o‘rtasida yangi qo‘shma loyihalarning yo‘lga qo‘yilishiga zamin yaratadi.

Kiritilgan vaqti: 06/04/2026 19:13.   Ko‘rilganligi: 31
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-va-indoneziya-ortasida-hamkorlik-kengaymoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing