w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand va Haydelberg o‘rtasida shaharsozlik hamda iqlim yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Samarqand va Haydelberg o‘rtasida shaharsozlik hamda iqlim yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Germaniyaning Haydelberg shahri delegatsiyasi Samarqandga keldi. 

Viloyat hokimi Adiz Boboyev delegatsiya a’zolari bilan uchrashib, Samarqand shahrini istiqbolda rivojlantirish, shaharsozlik va urbanizatsiya jarayonlarini samarali boshqarish masalalarini muhokama qildi.
Muloqotda aholi soni va urbanizatsiya sur’atlarining ortib borayotgani sharoitida transport, muhandislik va ijtimoiy infratuzilmani kompleks rivojlantirish, yangi yashash hududlarini barpo etish hamda hududlarni oqilona rejalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Samarqandning boy tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylash, zamonaviy shaharsozlik loyihalarini amalga oshirishda ekologik barqarorlik va iqlimni muhofaza qilish tamoyillarini inobatga olish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida shaharning istiqbolli rivojlanish konsepsiyasini shakllantirish va ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish bo‘yicha amaliy vazifalar belgilab olindi.

Oxirgi o‘zgarish: 28/09/2026 12:25.   Ko‘rilganligi: 17
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-va-haydelberg-ortasida-shaharsozlik-hamda-iqlim-yonalishidagi-hamkorlik-istiqbollari-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing