w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand va Amerikaning "Bay Area Council biznes" assotsiatsiyasi hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

Samarqand va Amerikaning "Bay Area Council biznes" assotsiatsiyasi hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

Viloyat hokimi Adiz Boboyev Amerikaning nufuzli biznes uyushmasi — "Bay Area Council" tashkilotining xalqaro aloqalar bo‘yicha mutaxassisi Gabriella Limberis bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur muzokaralar viloyat rahbari Adiz Boboyevning yaqinda AQShga amalga oshirgan safari chog‘ida boshlangan muloqotning mantiqiy davomi bo‘ldi.
Xalqaro hamkorlik masalalariga mas’ul bo‘lgan tashkilot vakili Samarqand viloyatiga tashrif buyurib, hududning iqtisodiy salohiyatini chuqur o‘rganish, hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini belgilash hamda amerikalik investorlar uchun batafsil hisobot tayyorlashni maqsad qilgan.
Uchrashuvda turizm, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar Samarqand viloyatining eksport salohiyati, logistika zanjirlari faoliyati hamda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarni atroflicha muhokama qildilar.
Erishilgan kelishuvlarni amaliy jihatdan mustahkamlash maqsadida viloyat hokimi Adiz Boboyev amerikalik investorlarning Samarqand viloyatiga tashrifini tashkil etishni taklif qildi. Bu ularga hududning investitsion imkoniyatlari bilan bevosita tanishish imkonini beradi.
"Bay Area Council" tashkiloti 1945-yilda Kaliforniya shtatida tashkil etilgan bo‘lib, San-Fransisko ko‘rfazi hududining iqtisodiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Kengash tarkibiga Google, Apple, Meta va Chevron kabi dunyoning yetakchi IT kompaniyalari hamda yirik biznes tuzilmalari kiradi. Bugungi kunda tashkilot 375 dan ortiq yirik kompaniyalarni birlashtiradi.
Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘shma tashabbuslarni batafsil ishlab chiqish hamda Samarqandga Amerika biznes delegatsiyasining tashrifini tashkil etish uchun zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha kelishib oldilar.

Oxirgi o‘zgarish: 14/06/2026 23:12.   Ko‘rilganligi: 17
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-va-amerikaning-bay-area-council-biznes-assotsiatsiyasi-hamkorlikni-yolga-qoymoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing