w w w . s a m a r k a n d . u z

"Samarqand – Urgut" yangi temiryo‘l tarmog‘i orqali samarqandlik bir guruh faollar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi

"Samarqand – Urgut" yangi temiryo‘l tarmog‘i orqali samarqandlik bir guruh faollar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi

2025-yilning fevral oyida qurilishi boshlangan “Samarqand – Urgut” yangi temiryo‘l tarmog‘i loyihasi hududda transport infratuzilmasini yaxshilash, yo‘lovchi va yuk tashish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida amalga oshirildi.

Umumiy uzunligi 55 kilometr bo‘lgan ushbu yo‘l mamlakatimiz transport infratuzilmasini rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Loyiha doirasida ikkita zamonaviy vokzal, “Urgut” iqtisodiy zonasi hududida ikkita yuk stansiyasi, shuningdek, bir qator ko‘prik va inshootlar barpo etildi. Yo‘nalishni kelgusida to‘liq elektrlashtirish rejalashtirilgan.
Yangi temiryo‘l tarmog‘i ikki juft shaharlararo yo‘lovchi poyezdlari va to‘qqiz juft yuk poyezdlari qatnovini tashkil etish imkoniyatini yaratdi.
Qatnovlar yo‘lga qo‘yilishi natijasida yiliga 359 ming yo‘lovchi va 8,2 million tonna yuk tashish imkoniyati yaratiladi.
Press-tur davomida jurnalistlar temiryo‘l tarmog‘i atrofida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, yangidan qurilgan vokzalda yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Kiritilgan vaqti: 26/11/2025 18:26.   Ko‘rilganligi: 82
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-urgut-yangi-temiryol-tarmogi-orqali-samarqandlik-bir-guruh-faollar-ommaviy-axborot-vositalari-xodimlari-keng-jamoatchilik-vakillari-ishtirokida-press-tur-tashkil-etildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 3

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing