w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand tumanida qurilayotgan majmuada 10 mingga yaqin ish o‘rni bo‘ladi

Samarqand tumanida qurilayotgan majmuada 10 mingga yaqin ish o‘rni bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoev Samarqand tumanida barpo etilayotgan savdo, sanoat va servis majmuasining qurilish maydonida bo‘ldi.

Uning hududi 37 gektar. Bu yerda umumiy qiymati 2 trillion 79 milliard so‘mlik 7 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Ulardan birinchisi – avtomobillar ehtiyot qismlari bozori yaqinda ishga tushiriladi. 11 gektarni egallagan savdo do‘konlarida 3 mingta ish o‘rni yaratiladi.
Ayni paytda gazoblok, penoplast, ohak va zichlagich ishlab chiqarish korxonalari qurilishi jadal olib borilmoqda. Ular shu yil oxirida foydalanishga topshiriladi. Shuningdek, kelgusi yillarda “Ko‘ksaroy avtomoll” savdo va ko‘ngilochar markazi, oynaga ishlov berish, plastik va alyumin romlar korxonasi qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.
Umuman, ushbu loyihalarda o‘n mingga yaqin aholi doimiy ish bilan ta’minlanadi.
Davlatimiz rahbari buning ahamiyatiga alohida to‘xtalib, loyihalarni tezlashtirish, shu yerning o‘zida ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish, ishsiz aholi bandligini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

Kiritilgan vaqti: 24/08/2023 22:02.   Ko‘rilganligi: 462
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-tumanida-qurilayotgan-majmuada-10-mingga-yaqin-ish-orni-boladi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.