Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.
18 may kuni Sian shahrida oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, Shavkat Mirziyoev va Si Szinpin Qo‘shma bayonot imzoladi hamda 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida yangi davrdagi har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish dasturini qabul qildilar.
Ushbu marosimda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Shensi gubernatori bilan Shensi va Samarqand viloyatining 5 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha bitimni imzoladi.
Samarqand viloyati Xitoyning Shensi provinsiyasi bilan birodarlashgan hudud maqomida iqtisodiyot, madaniyat, turizm, ilm-fan sohalarida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Bu munosabatlar keyingi yillarda ancha rivojlandi. Kelgusi besh yillikka mo‘ljallangan bitim esa bu aloqalarni yangi bosqichda davom ettirishga asos bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 2
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.