w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand shahrida «Yunesko bog‘i» tashkil etiladi

Samarqand shahrida «Yunesko bog‘i» tashkil etiladi

YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan Samarqand shahar Qorasuv maskanida 5 gektardan ziyod maydonda «YUNESKO bog‘i» barpo etilmoqda.

Samarqand davlat o‘rmon xo‘jaligi boshlig‘i Ilhom Yitkirovning ta’kidlashicha, ilgari foydalanilmagan tashlandiq yer maydoni aynan shu loyiha uchun tanlab olinib, hozirda ko‘rkam maskanga aylantirilmoqda.
— Bu hudud Zarafshon daryosi yaqinida joylashgani bois tuproq namligi yuqori va ko‘chatlar tez o‘sadi, — deydi I.Yitkirov. — Maydon chiqindilardan tozalanib, unumdor tuproqlar to‘shaldi, suv tarmog‘i tortilib, tomchilatib sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Loyiha doirasida Amir Temur bobomizning Samarqandda barpo etgan to‘qqizta bog‘ining kichik namunasini yaratish ko‘zda tutilgan. Bog‘da to‘rt mingdan ziyod 27 turdagi manzarali daraxt va buta ko‘chatlari — kashtan, yapon saforasi, dub, lola daraxti, silivapisarda, atirgul, lavanda, shamshod kabi noyob o‘simliklar ekiladi. Shuningdek, maxsus hordiq maskanlari, o‘rindiqlar va yo‘laklar tashkil etiladi.
«YUNESKO bog‘i» nafaqat shahar aholisi uchun yangi dam olish maskaniga, balki yoshlar uchun ekologik ta’lim va tabiatni asrash madaniyatini shakllantirish markaziga aylanadi. Bu yerda maktab va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun amaliy mashg‘ulotlar, ekologik tadbirlar, ko‘chat ekish aksiyalari doimiy ravishda tashkil etib boriladi.
Anjuman doirasida xalqaro forum ishtirokchilari va keng jamoatchilik vakillari bog‘da ko‘chat ekishi kutilmoqda.
Fazliddin Ro‘ziboyev.

Kiritilgan vaqti: 27/10/2025 22:13.   Ko‘rilganligi: 124
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-shahrida-yunesko-bogi-tashkil-etiladi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing