w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand delegatsiyasi "ZOV GROUP" kompaniyasidagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi

Samarqand delegatsiyasi "ZOV GROUP" kompaniyasidagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi

Grodno viloyatiga tashrif doirasida Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Belarusning yirik mebel ishlab chiqaruvchilardan biri – "ZOV GROUP" kompaniyasiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya vakillariga kompaniyaning zamonaviy uskunalar va avtomatlashtirilgan liniyalar bilan jihozlangan ishlab chiqarish quvvatlari namoyish etildi. Ayniqsa, buyurtma asosida mebel ishlab chiqarishni tashkil etish, zamonaviy dizayn yechimlari hamda materiallarga ishlov berish texnologiyalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv davomida tomonlar mebel sanoatida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish, korxonalar o‘rtasida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish hamda Samarqand viloyatida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini batafsil ishlab chiqish va ikki hudud biznes vakillari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Oxirgi o‘zgarish: 13/08/2026 17:12.   Ko‘rilganligi: 17
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-delegatsiyasi-zov-group-kompaniyasidagi-ishlab-chiqarish-jarayoni-bilan-tanishdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 3

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing