Ayni paytda viloyat rahbari Erkinjon Turdimov boshchiligidagi Samarqand viloyati delegatsiyasi Tatariston poytaxti Qozon shahrida bo‘lib, O‘zbekiston-Rossiya hududlararo hamkorligi bo‘yicha III Forumda ishtirok etishmoqda.
Forum dasturi ancha qizg‘in – O‘zbekiston-Rossiya va Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashlari yig‘ilishi, yalpi majlis, hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha panel sessiyalari, ishbilarmonlik muzokaralari.
Samarqand viloyati hokimligi, viloyat investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo boshqarmasi hamda Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi vakillari hamda 20 dan ortiq ishbilarmon va tadbirkorlar Rossiya Federatsiyasining hududlari bilan ikki tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida faoliyat olib borishmoqda.
Ikki kun davomida viloyatimiz vakillari rossiyalik tadbirkorlar bilan tibbiyot, taʼlim, toʻqimachilik va yengil sanoat sohalarida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha muzokaralar oʻtkazishdi.
Delegatsiyaning tashrifi davomida umumiy qiymati 202 million AQSH dollari, jumladan, investitsiyalar sohasida – 152 million AQSh dollari va eksport boʻyicha – 50 million AQSh dollari miqdorida kelishuvlar ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 10
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.