w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand delegatsiyasi Malayziyada: investitsiya va turizm yo‘nalishida yangi imkoniyatlar

Samarqand delegatsiyasi Malayziyada: investitsiya va turizm yo‘nalishida yangi imkoniyatlar

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev boshchiligidagi delegatsiyaning Malayziyadagi tashrifi doirasida qator muhim uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilmoqda.

Ushbu muloqotlar turizm va madaniy aloqalarni yanada kengaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Xususan, turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan “BUMITRA”, “PAPUH”, “SAFTTA”, “BARAKAH UMHAJ”, “WITEX”, “KURMA” va “MATA” turizm assotsiatsiyalari vakillari bilan samarali uchrashuvlar tashkil etildi. Muzokaralarda o‘zaro tajriba almashish, sayyohlik xizmatlari sifatini oshirish hamda Samarqandga xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, “Airnett” aviakompaniyasi vakillari bilan “Kuala-Lumpur – Samarqand” yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Bu tashabbus ikki mamlakat o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlash bilan birga turizm salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mazkur tashrif Samarqandga sayyohlar oqimini ko‘paytirish va uni Malayziya investitsiyalari hamda ziyorat turizmi uchun jozibador hudud sifatida namoyon etishda muhim qadam bo‘lmoqda.

Kiritilgan vaqti: 03/04/2026 20:26.   Ko‘rilganligi: 26
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-delegatsiyasi-malayziyada-investitsiya-va-turizm-yonalishida-yangi-imkoniyatlar

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 3

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing