Ayni paytda Samarqand viloyati hokimi v.b. Adiz Boboyev boshchiligidagi viloyatimiz delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Tyantszin shahrida bo‘lib, ushbu hududda joylashgan qator yirik korxona va tashkilotlar faoliyati bilan tanishmoqda.
Delegatsiyaning dastlabki tashrif obyekti yirik kabel ishlab chiqaruvchi Jiangtong North China (Tianjin) Copper Co., Ltd. qo‘shma korxonasi bo‘ldi.
Mazkur korxona mahsulotlari elektr energiyasi, kimyo, neft-kimyo, qozonchilik, isitish, kemasozlik va qurilish sohalarida keng qo‘llanilishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Korxona rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama etildi.
Ma`lumot uchun, 2024-yilda qo‘shma korxonaning umumiy yillik tovar aylanmasi 42 mlrd. AQSH dollarini, ishlab chiqarish quvvati esa 740 000 tonna mahsulotni tashkil etgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 3
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.