w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand delegatsiyasi Indoneziyada

Samarqand delegatsiyasi Indoneziyada

Shu kunlarda Samarqand viloyati delegatsiyasi Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston-Indoneziya biznes forumi o‘tkazildi. Unda 200 dan ortiq yetakchi kompaniyalar, davlat tuzilmalari va moliya institutlaridan vakillar ishtirok etishdi.
Forumda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan qulay sharoitlar, Samarqandning turizm va sanoat salohiyati haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.
Forum kompaniyalarga to'g'ridan-to'g'ri aloqalar o'rnatish, potensial kelishuvlar bo'yicha muzokaralar olib borish va o'zaro manfaatli loyihalarni o'rganish imkonini berdi. O‘zbekiston va Indoneziyaning o‘zaro hamkorligi mustahkamlanib borayotgani alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha, ikki davlat ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, mehmonlar oshxonaga tashrif buyurib, o‘zbek milliy taomi oshning tayyorlanish jarayoniga guvoh bo‘lishdi va undan tatib ko‘rdilar.

Kiritilgan vaqti: 16/04/2025 14:37.   Ko‘rilganligi: 110
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-delegatsiyasi-indoneziyada

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing