w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand delegatsiyasi Belarus xo‘jaligida bo‘ldi

Samarqand delegatsiyasi Belarus xo‘jaligida bo‘ldi

Belarus Respublikasiga tashrif doirasida Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev boshchiligidagi delegatsiya «Приграничный» kommunal qishloq xo‘jaligi unitar korxonasida bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishdi.

Xo‘jalik vakillari delegatsiya a’zolariga ishlab chiqarish jarayonining tashkil etilishi, shuningdek, chorvachilik yo‘nalishini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berdilar.
Belarus tomoni chorvachilikni yanada rivojlantirish maqsadida tayyor infratuzilma va mavjud chorva mollari bilan ta’minlangan chorvachilik xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi texnikalari, bir necha gektar yer maydonlarini xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar mazkur loyihani amalga oshirish imkoniyatlari hamda agrar sohadagi kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Belarus tomonining takliflari Samarqand viloyatining imkoniyatlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda qo‘shimcha ravishda o‘rganib chiqiladi.

Kiritilgan vaqti: 12/08/2026 18:43.   Ko‘rilganligi: 56
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-delegatsiyasi-belarus-xojaligida-boldi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing