w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand davlat xizmati kelajagi bo‘yicha global muloqot markaziga aylandi

Samarqand davlat xizmati kelajagi bo‘yicha global muloqot markaziga aylandi

Samarqandda Birlashgan Millatlar Tashkilotining davlat xizmati masalalari bo‘yicha forumi o‘z ishini boshladi.

Bu nufuzli xalqaro tadbir O‘zbekiston Respublikasida ilk bor o‘tkazilmoqda. Forum Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrika davlatlari, shuningdek, Samoa va Butan Qirolligi kabi davlatlarning davlat xizmati rivoji uchun mas’ul bo‘lgan vazirlari va davlat organlari rahbarlarini birlashtirdi.
Forumda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, ilmiy jamoatchilik, fuqarolik jamiyati institutlari, xususiy kompaniyalar va innovasion texnologiyalar sohasidagi yetakchi mutaxassislar faol ishtirok etishmoqda.
Forumda «2030-yilgacha besh yil: barqaror kelajak yo‘lida davlat xizmatlarini taqdim etishni jadallashtirish» mavzusi asosiy muhokama uchun belgilandi. Uch kun mobaynida forum ishtirokchilari davlat xizmatlarining sifati, shaffofligi va aholi uchun ochiqligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratadilar.
Mazkur xalqaro forumni tashkil etish tashabbusi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan ilgari surilgan.
Forumning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘qib eshittirdi.
Forum o‘z ishini davom ettirmoqda.

Kiritilgan vaqti: 23/06/2025 11:57.   Ko‘rilganligi: 20
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-davlat-xizmati-kelajagi-boyicha-global-muloqot-markaziga-aylandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing