w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand — “Butunjahon Hunarmandlar shahri”

Samarqand — “Butunjahon Hunarmandlar shahri”

Samarqand shahriga “Butunjahon Hunarmandlar shahri” maqomining berilishi munosabati bilan 

Jahon hunarmandlar kengashi Prezidenti Saad Hani Al-Qaddumiy, viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov, Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov, “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov, Amaliy san’at ijodiy birlashmasi raisi Alisher Rahimovlar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda Samarqandning boy tarixi, asrlar davomida saqlanib kelayotgan noyob osori atiqalari hamda milliy hunarmandchilik an’analari haqida so‘z yuritildi. Ta’kidlanganidek, shaharda xalq amaliy san’ati va hunarmandchilikning qadimiy maktablari asrab-avaylanib, ularni kelgusi avlodlarga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Matbuot anjumanida jurnalistlar Samarqandning mazkur nufuzli maqomga erishishi, uning ahamiyati va shaharda hunarmandchilikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlar yuzasidan savollar berdilar. Mas’ullar tomonidan jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

Kiritilgan vaqti: 16/08/2026 19:03.   Ko‘rilganligi: 9
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-butunjahon-hunarmandlar-shahri

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing