w w w . s a m a r k a n d . u z

“Samarqand – 2030” strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi

“Samarqand – 2030” strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi

Muhokamaga kiritilayotgan loyiha “O‘zbekiston – 2030” taraqqiyot strategiyasining uzviy davomi bo‘lib,

unda belgilangan 87 dan ortiq umummilliy maqsadlar, shuningdek, bevosita Samarqand viloyatiga aloqador bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar aniq ko‘rsatkichlar bilan mujassamlashtirilgan.
Unda 2030-yilga qadar hududiy yalpi mahsulot hajmini 20,5 milliard AQSH dollariga, ya’ni 2 baravar oshirilishi, aholi jon boshiga YAHM 5,3 ming AQSH dollariga yetkazilishi belgilangan.
Ikkinchi yo‘nalishda eksportchi korxonalar soni 630 tadan 720 taga yetkaziladi. Yillik eksport hajmi 3,5 milliard AQSH dollariga yetkazilib, eksport geografiyasi 120 ta davlatgacha kengaytiriladi.
Shuningdek, 2030-yilga qadar 4,8 milliard AQSH dollaridan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilinib, sanoat ishlab chiqarishni hududlar kesimida mutanosib tarzda joylashtiriladi.
To‘rtinchi yo‘nalish - turizmni yuqori daromadli xizmatlar iqtisodiyotiga aylantirishda xorijiy sayyohlar soni 7 million, mahalliy sayyohlar soni 15 million nafarga yetkazilib, turizmning YAHMdagi ulushi 2 baravar oshiriladi.
Turistning qolish muddatini 4 kungacha uzaytirish, mehmonxona o‘rinlari sonini 25 500 taga, turizm klasterlari sonini 2 taga hamda turizm eksportini 1,5 milliard dollarga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, “Samarqand – 3 kunlik tajriba” turistik paketi ishlab chiqiladi. Ziyorat turizmi Imom Buxoriy – Imom Moturidiy – Shohi Zinda yo‘nalishi orqali xalqaro bozorlarga chiqariladi. Registon – Afrosiyob – gastronomiya – hunarmandchilik marshruti yagona turistik mahsulotga aylantiriladi. Urgut, Samarqand va Nurobod tumanlarining tog‘li hududlarida rekreatsiya zonalari tashkil etiladi. Raqamli bilet, QR-gid, ko‘p tilli audiogid hamda sun’iy intellektga asoslangan turistik oqimni boshqarish tizimlari joriy qilinadi.

Kiritilgan vaqti: 29/07/2026 11:10.   Ko‘rilganligi: 17
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarqand-2030-strategiyasi-loyihasi-ishlab-chiqildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 8

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing