w w w . s a m a r k a n d . u z

“Samarkand Marathon-2025” g‘oliblari taqdirlandi

“Samarkand Marathon-2025” g‘oliblari taqdirlandi

“Samarkand Marathon-2025” an’anaviy xalqaro xayriya marafonining asosiy bellashuvlari yakunlandi.

Musobaqada ishtirokchilar 5, 10, 21.1, 42.2 kilometr masofalarni bosib o‘tdi.
Natijalarga ko‘ra, 5 kilometrdagi poygada erkaklar bahsida hamyurtimiz Alisher Ahmatullayev, ayollar o‘rtasida Darya Andropova marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.
10 kilometr musobaqada erkaklar bahsida yaponiyalik Yuta Shitaraga, ayollar bellashuvida rossiyalik Anastasiya Slichenkovaga teng keladigani topilmadi.
21,1 kilometr masofaga o‘tkazilgan poygada rossiyalik sportchilar Rinas Ahmadeyev hamda Sofьya Kameneva g‘olib bo‘ldi.
42,2 kilometr masofadagi bahslarda surxondaryolik Shohruh Davlatov birinchi o‘rinni egalladi. Ayollar bahsida esa keniyalik Jasinta Chepkoyech finishga birinchi bo‘lib yetib keldi.
Marafonda turli yosh toifasida va imkoniyati cheklangan fuqarolar o‘rtasida ham g‘oliblar aniqlandi.
Gʻoliblarga pul mukofoti va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Fazliddin Ro‘ziboyev.

Kiritilgan vaqti: 09/11/2025 17:53.   Ko‘rilganligi: 15
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/samarkand-marathon-2025-goliblari-taqdirlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing