w w w . s a m a r k a n d . u z

"ROX Group" bilan investitsiyaviy hamkorlik muhokama qilindi

"ROX Group" bilan investitsiyaviy hamkorlik muhokama qilindi

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Vetnamning «ROX Group» kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy prezidenti, mamlakat vakolatxonasi bosh direktori Do Chung Txan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda dastlab Samarqand viloyatining investitsiyaviy salohiyati, hududda investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, "ROX Group" kompaniyasining investitsiya va turizm sohalaridagi imkoniyatlari, amalga oshirayotgan loyihalari hamda mintaqadagi faoliyati xususida ma’lumotlar berildi.
Shundan so‘ng «Silk Road Samarkand» majmuasining 632 gektarlik bosh rejasi doirasidagi 143 gektar maydonda zamonaviy turizm markazini barpo etish, investitsiyaviy hamkorlik shakllari va loyihani amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.
umumiy maydoni 632 gektar bo‘lgan «Silk Road Samarkand» majmuasining bosh rejasi doirasiga kiruvchi 143 gektar yer maydonida zamonaviy turizm markazini barpo etish istiqbollari muhokama qilindi. Loyihani amalga oshirishda investitsiyaviy hamkorlikning maqbul shaklini belgilash, uning moliyaviy, tashkiliy va infratuzilmaviy jihatlarini aniqlashtirish bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni keyingi bosqichida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab olishdi.

Kiritilgan vaqti: 13/09/2026 13:00.   Ko‘rilganligi: 14
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/rox-group-bilan-investitsiyaviy-hamkorlik-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 8

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing