w w w . s a m a r k a n d . u z

Qurbon hayiti munosabati bilan shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar holidan xabar olindi

Qurbon hayiti munosabati bilan shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar holidan xabar olindi

Bayram kunlarida o‘zgalar ko‘magiga muhtoj kishilar, yolg‘iz keksalar, shifo maskanlarida davolanayotgan bemorlar holidan xabar olish, ularni ko‘nglini ko‘tarish xalqimizga xos qadriyatlardan biridir.

Bayram kunlarida o‘zgalar ko‘magiga muhtoj kishilar, yolg‘iz keksalar, shifo maskanlarida davolanayotgan bemorlar holidan xabar olish, ularni ko‘nglini ko‘tarish xalqimizga xos qadriyatlardan biridir.
Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Samarqand shahar markaziy shifoxonasida davolanayotgan bemorlar holidan xabar olib, ularni Qurbon hayiti bayrami bilan tabrikladi. Shifoxoda yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, bemorlar va shifokorlar bilan suhbatlashdi.
Viloyat rahbari mazkur shifo maskanida yangi tashkil etilgan shoshilinch tez tibbiy yordam posti faoliyati bilan tanisdi. Ushbu shoshilinch tez tibbiy yordam postini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash, bemorlar hech bir qiyinchiliklarsiz zarur bo‘lgan shoshilinch yordamni olishlari kerakligi aytildi.
Viloyat rahbari shu kuni viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida ham bo‘ldi. Muassasada davolanayotgan bemorlar, tibbiyot xodimlari va ular orqali barcha yaqinlarini Qurbon hayiti bayrami bilan tabrikladi.
Adiz Boboyev ushbu shifo muassasida bemorlarga zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatish borasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu shifoxonada ham yaqindan boshlab shoshilinch tez tibbiy yordam posti o‘z ish faoliyatini boshladi.
Viloyat rahbari ushbu xizmat va unda faoliyat ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlari ish faoliyatini ko‘zdan kechirdi. Ta’kidlanganidek, bemorlar hayoti va sog‘ligini asrash, ularga shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatishda tez yordamning ahamiyatini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi.
Ayni jarayonda sohaning moddiy texnik bazasi yangilanib, kadrlar salohiyati oshirilish borasida samarali ishlarini olib borish muhim ahamiyat ega.
- Soha rivoji malakali kadrlar ish faoliyatiga bog‘liq, mazkur ishlarga bahoni xalq beradi. Eng muhimi, xalqimiz roziligini olish orqali ko‘zlangan maqsadimizga erishishimiz mumkin,-dedi viloyat rahbari.

Kiritilgan vaqti: 06/06/2025 12:14.   Ko‘rilganligi: 19
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/qurbon-hayiti-munosabati-bilan-shifoxonalarda-davolanayotgan-bemorlar-holidan-xabar-olindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 1

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing