w w w . s a m a r k a n d . u z

Qorasuv massivida zamonaviy “Eko bozor” foydalanishga topshirildi

Qorasuv massivida zamonaviy “Eko bozor” foydalanishga topshirildi

Qorasuv massivida aholi uchun muhim ijtimoiy infratuzilma obektlaridan biri – zamonaviy “Eko bozor” faoliyatini boshladi.

Viloyat hokimi Adiz Boboyevning Qorasuv massivida mahalla fuqarolar yig‘inlari faollari hamda “mahalla yettiligi” vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvida massivda aholi uchun bozor yo‘qligi masalasi ko‘tarilgan edi. Ushbu masala o‘rganilib, massiv markazida zamonaviy "Eko bozor" tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, hudud markazida joylashgan va foydalanilmay turgan bino qayta ta’mirlanib, unda meva-sabzavot hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosiga ixtisoslashgan “Eko bozor” tashkil etildi. Yangi bozor zamonaviy talablarga javob beradigan infratuzilma, qulay savdo rastalari va sanitariya sharoitlari bilan ta’minlangan.
Bozorning ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi aholi uchun qulay sharoitlar yaratish masalasi doimiy e’tiborda ekanini ta’kidladi. Shuningdek, bunday loyihalar hudud aholisi turmush darajasini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Endilikda Qorasuv massivida istiqomat qiluvchilar o‘zlariga yaqin hududda, barcha qulayliklarga ega zamonaviy bozordan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Kiritilgan vaqti: 12/04/2026 15:15.   Ko‘rilganligi: 26
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/qorasuv-massivida-zamonaviy-eko-bozor-foydalanishga-topshirildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing