w w w . s a m a r k a n d . u z

Qishloq xo‘jaligiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalasi muhokama qilindi

Qishloq xo‘jaligiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalasi muhokama qilindi

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Xitoyning "Xinjiang Shengshi Jinfeng Seed Industry Company Ltd" kompaniyasi rahbari Tan Van Lin bilan uchrashdi.

Sinszyan muzofotidagi mazkur korxona paxta urug‘ tayyorlash bilan shug‘ullanadi va 2023-yildan buyon Farg‘ona, Andijon, Qashqadaryo viloyatlari bilan samarali hamkorlik qilib, sifatli chigit hamda ekish materiallarini yetkazib bermoqda. Kompaniya faoliyat geografiyasini kengaytirish va Samarqand viloyatiga investitsiya kiritishni rejalashtirgan.
Tan Van Lin Samarqandda hosildorligi yuqori bo‘lgan sifatli paxta urug‘ini ekish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
Viloyat rahbari Samarqand iqlimiga moslashgan, zararkunandalar va suvsizlikka chidamli urug‘larni yetishtirish muhimligini qayd etib, investorni yirik paxtachilik klasterlari bilan hamkorlikda bu maqsadini amalga oshirishiga ko’maklashishini bildirdi. Shuningdek, xorijlik sarmoyadorlar uchun amaldagi imtiyozlar, loyihalarni amalga oshirish tartibi haqida ma’lumot berdi.
— Biz qonun doirasida investorni qo‘llab-quvvatlashga va loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga tayyormiz,-dedi Adiz Boboyev.
Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi. Tomonlar innovasion texnologiyalarni joriy etish, hosildorlikni oshirish bo‘yicha aniq qadamlar hamda Samarqand viloyati bilan Xitoy kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

Kiritilgan vaqti: 11/12/2025 18:40.   Ko‘rilganligi: 43
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/qishloq-xojaligiga-xorijiy-investitsiyalarni-jalb-etish-masalasi-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 1

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing