Qishloq xo’jaligi sohasida amalga oshirilishi zarur bo’lgan masalalar viloyat hokimi tomonidan tor doirada muhokama etildi.
Unda ma’lum qilinishicha joriy yilda sal kam 800 kilometr irrigatsiya tarmoqlarining qirg’oq bo’yi mintaqasida 248 ming dona tut, tol, tok va terak kabi ko’chatlar ekilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan 1332 ga qishloq xo’jaligi yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi, 7000 ga yer maydonlari yoshlarga ajratiladi. Sentabr oyiga qadar 4972 ga sug’oriladigan holati yomon ekin yerlar, 12576 ga lalmi yerlar, 372 ga sug’oriladigan bo’z yerlar, 1704 ga yaylov yerlar hamda 375 ga boshqa toifadagi yerlar hisobidan jami 20000 ga yer foydalanishga kiritiladi (o’zlashtiriladi).
Muhokamada har bir yo’nalish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi. Toyloq va Oqdaryo tumani mas’ullarining faoliyati qoniqarsiz deb baholanib, ularga nisbatan intizomiy jazo choralari qo’llanilishi belgilandi.
Yakunda olib borilayotgan ishlar bo’yicha kunlik hisobot tizimi joriy etilib, yutuq va kamchiliklar tor doirada muhokama etilishi ma’lum qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 9
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.