w w w . s a m a r k a n d . u z

Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari taqdirlandi

Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-dekabrdagi «Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq,

qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan fidoyi yurtdoshlarimiz davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi. Ular orasida samarqandliklar ham bor.
Bugun Samarqand viloyati hokimligida ularni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimi Adiz Boboyev soha taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, intensiv agrotexnik usullarni joriy etish orqali yuqori hosildorlikka erishish, aholi farovonligini oshirish va eksport salohiyatini kengaytirish borasidagi ishlar haqida to‘xtalib, yuksak natijalarga erishib kelayotgan soha fidoyilarni tabrikladi.
Marosimda Prezidentimiz farmoniga muvofiq, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti professori - Do‘stmuhammad Xolmirzayev "Mehnat shuhrati" ordeni, "Mirza-Pay" irrigatsiya tizimi boshqarmasi katta muhandis-gidrotexnigi - Obloqul Abdulazizov "Do‘stlik" ordeni, Paxtachi tumanidagi "Mirzayev Shuhrat Kenjayevich" fermer xo‘jaligining g‘alla o‘rish kombayni operatori - Nurmuhammad Suvonov "Jasorat" medali, Samarqand tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi - Mehroj Qodirov, Jomboy tumanidagi "Jomboy agropilla" MCHJ pillachisi - Jamila Muxtorova, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi "Azimxon Rizonov" ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi rahbari - Azimxon Rizonov, Pastdarg‘om tumanidagi "Eldor" chorvachilik fermer xo‘jaligi boshlig‘i - Erkin Sherov "Shuhrat" medali bilan taqdirlandilar.

Kiritilgan vaqti: 10/12/2025 11:33.   Ko‘rilganligi: 19
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/qishloq-xojaligi-sohasi-xodimlari-taqdirlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing