w w w . s a m a r k a n d . u z

"Prezident archasi” bayrami bolajonlarga unutilmas quvonch ulashdi

"Prezident archasi” bayrami bolajonlarga unutilmas quvonch ulashdi

Samarqand shahridagi “Moʻjiza” bazmgohida Samarqand shahri va Samarqand tumanidan kelgan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, oilaviy bolalar uylari hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar farzandlari uchun "Prezident archasi" bayram tadbiri tashkil etildi.

Tantanali marosimda viloyat hokimi Adiz Boboyev ishtirok etib, bolajonlarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabrikladi.
Shundan so‘ng Qorbobo va Qorqiz hamrohligida viloyat va shahar hokimligi mutasaddilari bolalarga davlatimiz rahbari tomonidan yuborilgan Yangi yil sovg‘alarini topshirdilar.
Bayramona bezatilgan sahnada namoyish etilgan konsert dasturi, qo‘shiqlar va raqslar bolalar kayfiyatini yanada ko‘tarib, tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Shuningdek, “Prezident archasi” tadbirlari doirasida viloyat musiqali drama teatrida bolajonlar uchun mo‘ljallangan ertak-spektakl namoyish etildi. Unda o‘g‘il-qizlar sahnadagi voqealarni miriqib tomosha qilishdi.
“Prezident archasi” bayrami bolajonlar xotirasida yorqin va unutilmas lahzalar sifatida muhrlandi.

Kiritilgan vaqti: 27/12/2025 16:34.   Ko‘rilganligi: 12
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/prezident-archasi-bayrami-bolajonlarga-unutilmas-quvonch-ulashdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 13

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing