w w w . s a m a r k a n d . u z

Payariq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Payariq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o’tkazildi.

Sessiyada viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev so‘zga chiqib, tuman salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari hamda yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va yechimini kutayotgan muammolar haqida gapirdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. I.Jabborov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z arizasiga ko‘ra Payariq tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.
Shu paytgacha Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko’rsatgan Xudoyberdiyev Shunqor Farmonovich Payariq tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi muhim vazifalar belgilab olindi.

Kiritilgan vaqti: 05/08/2025 12:12.   Ko‘rilganligi: 95
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/payariq-tumaniga-yangi-hokim-tayinlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing