Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Pastdarg’om tumani Kengashining birinchi sessiyasi kun tartibida uchinchi masala – viloyat hokimining tuman hokimini tayinlash to’g’risidagi qarorini tasdiqlash masalasi ko’rib chiqildi.
Amaldagi qonunchilikka asosan tuman, shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Sessiya ishida ishtirok etayotgan Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov tomonidan tuman hokimini tayinlash to’g’risidagi viloyat hokimining qarori o’qib eshittirildi.
Tuman hokimi lavozimiga nomzod Raxmanov Sherzod Shuhratovich tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga mo’ljallangan dasturi taqdimot qilindi.
Nomzod bo’yicha deputatlar o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Deputatlar tomonidan Pastdarg’om tuman hokimi lavozimiga Raxmonov Sherzod Shuhratovich nomzodi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 8
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.