w w w . s a m a r k a n d . u z

Pastdarg‘omda yangi logistika markazi foydalanishga topshirildi

Pastdarg‘omda yangi logistika markazi foydalanishga topshirildi

Pastdarg‘om tumanidagi Mirzo Ulug‘bek nomli mahalla fuqarolar yig‘inida “Indra bonded E-commerce services” xorijiy korxonasiga tegishli “Logistika markazi (erkin bojxona ombori)”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda viloyat hokimi Adiz Boboyev, tegishli sohalar mutasaddilari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Ochilish marosimida viloyat hokimi Adiz Boboyev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni Yangi yil bayrami bilan samimiy tabrikladi hamda mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasida yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu loyiha Xitoyning Shanxay shahrida joylashgan “INDRA GROUP LIMITED” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Loyihaning birinchi bosqichiga 5,6 milliard so‘m miqdorida investitsiya yo‘naltirilgan bo‘lib, natijada 50 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Yangi logistika markazi elektron tijorat xizmatlarini rivojlantirish, yuklarni tezkor va samarali saqlash hamda qayta ishlash imkonini berishi bilan hudud iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Kiritilgan vaqti: 27/12/2025 21:31.   Ko‘rilganligi: 14
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/pastdargomda-yangi-logistika-markazi-foydalanishga-topshirildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing