w w w . s a m a r k a n d . u z

Pastdarg‘om tumanining “Kamolot” mahallasida "Kenno" yagona brendi ostida sanoat parki barpo etish yuzasidan taqdimot o‘tkazildi

Pastdarg‘om tumanining “Kamolot” mahallasida "Kenno" yagona brendi ostida sanoat parki barpo etish yuzasidan taqdimot o‘tkazildi

Viloyat hokimi Adiz Boboyevga Xitoyning "Kenno Special Vehicles" kompaniyasi rahbari Chju Yunbo ushbu loyihani taqdim etdi.

Unga ko‘ra, 18,5 gektar maydonda 6 ta ishlab chiqarish korxonasi tashkil etiladi. Loyihaning umumiy investitsiya hajmi 40 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Natijada tumanda 350 ta yangi ish o‘rni yaratiladi hamda yillik eksport hajmi 5 mln. AQSH dollariga ortadi.
"Kenno" sanoat parkida innovatsion modul uylar, maxsus texnikalar uchun tirkamalar va kuzovlar, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shuningdek, chiqindilarni to‘plash va qayta ishlash ham yo‘lga qo‘yiladi. Loyiha joriy yilning sentyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Dastlabki bosqichda plastik idishlar ishlab chiqarish, qog‘ozni qayta ishlash va tirkamalarni yig‘ish tarmoqlari ishga tushadi.
Viloyat hokimi Adiz Boboyev mahalliy hokimlik investorni loyihani amalga oshirishning barcha bosqichlarida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Shuningdek, ushbu tashabbuslarning sanoatni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va viloyatning eksport salohiyatini oshirishdagi ahamiyati qayd etilib, rejalashtirilgan loyihalarni jadallashtirish kerakligi aytildi.
"Kenno" sanoat parki tarkibidagi korxonalar 2028-yilgacha bosqichma-bosqich foydalanishga topshiriladi.

Kiritilgan vaqti: 02/07/2026 09:05.   Ko‘rilganligi: 15
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/pastdargom-tumanining-kamolot-mahallasida-kenno-yagona-brendi-ostida-sanoat-parki-barpo-etish-yuzasidan-taqdimot-otkazildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing