w w w . s a m a r k a n d . u z

Pastdarg‘om tumanida paxta terimi qizg‘in davom etmoqda

Pastdarg‘om tumanida paxta terimi qizg‘in davom etmoqda

Pastdarg‘om tumanida 2025-yil paxta hosili uchun 304 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 13 095 gektar yer maydoniga chigit ekib parvarish qilindi.

Paxtachilikda boy tajribaga ega tumanda hosilni o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib olish uchun puxta hozirlik ko‘rilib, terimchilarga qulay sharoit yaratildi. 130 ta terim otryadi tashkil etilib, xomashyoni qabul shoxobchalariga peshma-pesh yetkazib berish uchun 280 ta tashish traktori, 605 ta tirkama biriktirildi. Mavsumni tez, sifatli yakunlash uchun zamonaviy 21 ta zamonaviy paxta terish mashinasi xarid qilindi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Pastdarg‘om tumanidagi paxta dalalarida ham bo‘lib, terim jarayoni va paxta maydonlarida terimchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Mutasaddilarga mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil etish, mavjud paxta terish mashinalaridan samarali foydalanish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.

Kiritilgan vaqti: 27/09/2025 19:39.   Ko‘rilganligi: 11
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/pastdargom-tumanida-paxta-terimi-qizgin-davom-etmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 8

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing