w w w . s a m a r k a n d . u z

Otaliqqa olingan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Otaliqqa olingan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Samarqand shahrida o‘ziga biriktirilgan mahallalarda istiqomat qiluvchi otaliqqa olingan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda yoshlarning muammolari, ularni qiynayotgan masalalar hamda kelgusidagi rejalari atroflicha muhokama qilindi.
Muloqot davomida bandlik, ta’lim olish, kasb-hunar o‘rganish va tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagidagi yoshlar viloyat hokimiga murojaat qilishdi. Har bir murojaat tinglanib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, imtiyozli kredit va subsidiya imkoniyatlaridan samarali foydalanish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutasaddilarga har bir yosh bilan manzilli ishlash, ularning qiziqish va salohiyatidan kelib chiqib amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan vazifalar yuklandi.
Ta’kidlanganidek, otaliqqa olingan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qoladi. Har bir yoshning muammosi e’tibordan chetda qolmasligi, ularning bandligi va ijtimoiy faolligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Kiritilgan vaqti: 11/02/2026 18:07.   Ko‘rilganligi: 180
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/otaliqqa-olingan-yoshlar-bilan-ochiq-muloqot-otkazildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing