w w w . s a m a r k a n d . u z

Osiyo o‘yinlari. Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaraliyev — musobaqa chempionlari

Osiyo o‘yinlari. Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaraliyev — musobaqa chempionlari

O‘zbekistonlik sportchilar shu yilgi jahon chempionatida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.

O‘zbekiston delegatsiyasi "Aichi-Nagoya-2026" Osiyo o‘yinlarining akademik eshkak eshish bahslarida navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. Shu yilgi jahon chempionatida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaraliyev Osiyo o‘yinlarida ham o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Hamyurtlarimiz yengil vaznli sportchilar o‘rtasidagi Lm2x juftlik dasturida ishtirok etib, final poygasida barcha raqiblarini ortda qoldirdi. Nurmatov va Safaraliyev marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tib, oltin medalga sazovor bo‘lishdi. Shu tariqa, jahon chempionlari endi o‘z nomlariga Osiyo o‘yinlari chempionligi unvonini ham qo‘shib qo‘yishdi. Ularning g‘alabasi O‘zbekiston delegatsiyasi medallar jamg‘armasini yana bir oltin medal bilan boyitdi. Avvalroq Shohsanam Sherzodova ham Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘lgani ma’lum qilingandi.


Kiritilgan vaqti: 24/09/2026 19:29.   Ko‘rilganligi: 15
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/osiyo-oyinlari-shahzod-nurmatov-va-sobirjon-safaraliyev-musobaqa-chempionlari

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing