w w w . s a m a r k a n d . u z

Osiyo chempionlari taqdirlandi

Osiyo chempionlari taqdirlandi

Viloyat hokimligida shu yilning 5–15-iyul kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan Sevara Mamatova, Sabrina Chakomanova va Gulsevar Gʻaniyevalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimi Adiz Boboyev musobaqada munosib natija qayd etgan sportchilarga viloyat hokimligining Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Shuningdek, chempionlarni nufuzli musobaqaga tayyorlagan murabbiylar – Furqat Mamatov, Mirjalol Jabborov hamda Xurshid Tursunovlar ham munosib rag‘batlantirildi.
Yosh bokschilarning xalqaro maydondagi bu g‘alabasi viloyat sporti rivojida muhim natijalardan biri bo‘ldi.

Oxirgi o‘zgarish: 08/08/2026 15:25.   Ko‘rilganligi: 24
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/osiyo-chempionlari-taqdirlandi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing