w w w . s a m a r k a n d . u z

Oqdaryoda “Vatanparvar” tashkilotining yangi o‘quv muassasasi foydalanishga topshirildi

Oqdaryoda “Vatanparvar” tashkilotining yangi o‘quv muassasasi foydalanishga topshirildi

Oqdaryo tumanida “Vatanparvar” tashkiloti O‘quv sport texnika klubining yangi zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi.

Bino bir qavatdan iborat bo‘lib, uning hovli qismida bir vaqtning o‘zida 30 nafar sportchi shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘q otish sport seksiyasi, mexanik va tibbiyot xonalari joylashgan. Binoning asosiy qismida esa haydovchilik kasbini o‘rganishga mo‘ljallangan, innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan, yiliga 800 nafarga yaqin avtomototransport haydovchilarini tayyorlash quvvatiga ega zamonaviy sinfxonalar, xodimlar va yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish uchun ma’naviyat va ma’rifat xonalari mavjud.


Oxirgi o‘zgarish: 09/01/2023 12:04.   Ko‘rilganligi: 317
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/oqdaryoda-vatanparvar-tashkilotining-yangi-oquv-muassasasi-foydalanishga-topshirildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 10

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.