w w w . s a m a r k a n d . u z

Ona va bola salomatligi uchun eng zamonaviy sharoitlar

Ona va bola salomatligi uchun eng zamonaviy sharoitlar

Samarqand shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

2023-yilda Prezident qarori bilan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va hududlarda uning filiallari tashkil qilingan edi. Jumladan, Samarqandda ona va bola skriningi, reproduktiv salomatlik va yordamchi reproduktiv texnologiyalar bo‘limi ish boshladi. Ushbu bo‘limlarning faoliyati uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida investisiya dasturi asosida 12,5 milliard so‘m mablag‘ sarflanib, to‘rt kavatli bino qurildi.
-Ushbu binoda onalar salomatligi, sog‘lom farzand ko‘rishi uchun xalqaro standartlarni o‘zida mujassam etgan zamonaviy sharoitlar yaratildi, - deydi Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filiali rahbari Lola Hamroyeva. – 250 qatnovga mo‘ljallangan ayollar konsultativ maslahatxonasi, ona va bola skriningi, perinatal skrining, reproduktiv salomatlik, bo‘lajak onalar maktabi kabi bo‘limlarda faqat ayollar emas, qizlarni ham o‘z vaqtida tekshiruvdan o‘tkazish, ularda mavjud xastaliklarni davolash imkoniyati mavjud.
Shuningdek, ona va bola skriningi bo‘limida biokimyoviy perinatal skrining natijasida yuqori xavf guruhi aniqlangan homiladorlarda xromasom anomaliyalar (Daun, Edvers, Patau tyorner sindromlari) mavjudligini aniqlash uchun amniosintez amaliyoti o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Aytish kerakki, bu amaliyot viloyatda ilk bor o‘tkazilib, shu paytgacha aniqlanmagan ko‘plab nogironliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Filialda turkiyalik tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda EKO markaz ham tashkil etilib, uzoq yillardan beri farzand ko‘rolmayotgan oilalar uchun imkoniyat yaratildi. E’tiborli tomoni, har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qirq nafariga ushbu amaliyotni bepul o‘tkazish rejalashtirilgan.
Bino ochilish marosimida viloyat hokimining o‘rinbosari H.To‘xtayev, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori J.Rizayev, Turkiyaning Samarqanddagi Bosh konsuli Serdar Deniz so‘zga chiqib, ushbu muassasaning aholi salomatligini asrashdagi ahamiyatini e’tirof etdilar.
Gulruh Mo‘minova,
Baxtiyor Mustanov.

Oxirgi o‘zgarish: 18/12/2025 18:14.   Ko‘rilganligi: 12
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/ona-va-bola-salomatligi-uchun-eng-zamonaviy-sharoitlar

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing