w w w . s a m a r k a n d . u z

Oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan oliy o‘quv yurtlari rektorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda davlatimiz rahbarining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida oliy ta’lim muassasalarida talabalarni sport turlariga jalb qilish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, talabalarning dunyoqarashini kengaytirish va vatanparvarlik ruhini mustahkamlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, ularni mehnat bozori talablariga mos malakali mutaxassis etib tayyorlash dolzarb vazifa sifatida qayd etildi.
Yig‘ilishda yoshlarni xorijiy tillar va zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratish, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, talabalarning innovatsion loyiha va startaplarini rag‘batlantirish, ularni moliyaviy va tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar ajratish orqali yoshlarni daromadli faoliyatga yo‘naltirish zarurligi ta’kidlandi.
Viloyat hokimi mas’ullar oldiga har bir oliy ta’lim muassasasida amaliy natija beradigan tizimli ishlarni tashkil etish, yoshlarning bandligini ta’minlash va ularning salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi.
Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

Kiritilgan vaqti: 25/02/2026 15:33.   Ko‘rilganligi: 12
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/oliy-talim-muassasalari-rektorlari-bilan-uchrashuv-otkazildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing