


27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Samarqand viloyatida bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda viloyat hokimi Adiz Boboyev soha vakillarini kasb bayrami bilan tabriklab, jurnalistika jamiyat taraqqiyoti, ochiqlik va jamoatchilik nazoratini ta’minlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Tadbirda bir guruh jurnalist va axborot xizmati xodimlari viloyat hokimligining tashakkurnomalari va bayram sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, “Yilning eng faol jurnalisti” tanlovi g‘oliblari e’lon qilinib, munosib rag‘batlantirildi.
Bayram doirasida soha faxriylari mehnati ham alohida e’tirof etildi.
Tadbir viloyatimiz san’at ustalari ishtirokidagi konsert dasturiga ulanib ketdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 14
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.