w w w . s a m a r k a n d . u z

Nuroniylarga "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishonlari topshirildi

Nuroniylarga "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishonlari topshirildi

Samarqand shahrida “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlarini topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

“Keksalar haftaligi” doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirda fidoyi, tashabbuskor hamda hayot yo‘li yoshlar uchun ibrat bo‘ladigan nuroniylar mehnati munosib e’tirof etildi.
Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan hisoblanadi. Bugungi kunda bu an’ana yangi mazmun bilan boyib, muhim ahamiyatga ega tarbiya maktabiga aylanib bormoqda.
“Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik Kengashi qaroriga ko‘ra, mamlakatimiz iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarida ko‘p yillar davomida samarali mehnat qilgan faxriylar “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar. Ular orasida 86 nafar samarqandlik nuroniylar ham bor.
Tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etib, faxriylarni qutladi. Viloyat rahbari o‘z so‘zida nuroniylarning hayot tajribasi va mehnati yoshlar uchun namuna ekanini ta’kidlab, ularga minnatdorlik izhor qildi.
- Keksalarimiz har bir sohada faollik ko‘rsatib, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shib kelmoqdalar. Ularning duosi va faol ishtiroki barcha ishlarimizga ruh va kuch bag‘ishlaydi,- dedi Adiz Boboyev.
Tadbirda bu kabi tashabbuslar keksalarga bo‘lgan e’tibor va ehtiromning yorqin ifodasi ekanligi ta’kidlandi.

Kiritilgan vaqti: 11/10/2025 16:38.   Ko‘rilganligi: 35
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/nuroniylarga-mehnat-faxriysi-kokrak-nishonlari-topshirildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 8

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing