w w w . s a m a r k a n d . u z

Nurobod tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va ekoturizm istiqbollari o‘rganildi

Nurobod tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va ekoturizm istiqbollari o‘rganildi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Nurobod tumanida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi muammolarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Viloyat rahbari tuman hududidagi muqaddas maskanlar — "Arab ota" maqbarasi va Oqmasjid ziyoratgohida bo‘ldi.
Shundan so‘ng tuman tibbiyot birlashmasining Tim hududiy bo‘limida “mahalla yettiligi” vakillari, nuroniylar va faollar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholini qiynayotgan muammolar va ularning yechimlari, ish o‘rinlari yaratish masalalari muhokama qilindi.
Adiz Boboyev tibbiy xizmat sifatini oshirish, yo‘l va elektr infratuzilmasini rivojlantirish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash va boshqa masalalar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi. Ayniqsa, chekka hududlarda istiqomat qilayotgan fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash masalasi alohida e’tiborga olindi.
Shuningdek, viloyat rahbari Nurobod tumanining Nurdum mahallasida joylashgan Kattaqo‘rg‘on suv omboriga tutash Saroyqo‘rg‘on qishlog‘ida bo‘lib, ushbu hududda ekoturizm salohiyatini o‘rganib chiqdi. Qishloqning tabiiy resurslari, suv ombori sohillari, betakror manzaralari va toza havosi ekoturizmni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga ega ekani ta’kidlandi.
Mazkur hududga tadbirkorlik subyektlarini jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida zarur chora-tadbirlar belgilandi. Adiz Boboyev Saroyqo‘rg‘onda dam olish maskanlari, sihatgohlar, mehmonxonalar va boshqa turizm infratuzilmasi obyektlarini barpo etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, Mehnatkash mahallasidagi mavjud ekoturizm imkoniyatlari ham o‘rganilib, hududning tabiiy manzaralari va infratuzilma holati ko‘zdan kechirildi. Mahalliy tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan turizm loyihalari bilan tanishilib, ekoturizm va ziyorat turizmi yo‘nalishlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Hududda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, yangi turistik obyektlar qurish, yo‘l-transport tarmog‘ini yaxshilash, shuningdek, dam olish maskanlari va uy mehmonxonalarini ko‘paytirish borasida chora-tadbirlar belgilandi.

Oxirgi o‘zgarish: 27/06/2025 10:33.   Ko‘rilganligi: 15
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/nurobod-tumanida-ijtimoiy-iqtisodiy-rivojlanish-va-ekoturizm-istiqbollari-organildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 15

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing