“Olam nurga to’lsin sen bilan, Navro’z!” Bu yilgi Navro‘z umumxalq bayrami ana shu shior ostida nishonlanadi.
Viloyat hokimi rahbarligidagi navbatdagi muhokamada ushbu bayramni o‘tkazish masalalari atroflicha muhokama etildi.
Bayramni barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda umumxalq sayillari shaklida nishonlash, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari, keksa avlod vakillarini har tomonlama e’zozlash, Muruvvat va Saxovat uylarida yashayotganlar, ijtimoiy daftarlarga kiritilgan hamda ko’makka muhtojlarning holidan xabar olish, ularga beg’araz yordam berish bilan bog’liq xayriya tadbirlarini amalga oshirish zarurligi haqida so’z yuritildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha hududlarda umumxalq hasharlari, keng qamrovli obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish tadbirlarini o’tkazish zarurligiga alohida to’xtalib o’tildi.
Yuklatilgan vazifalar ijrosi kunlik muhokama etib borilishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 5
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.